20:09 / 19.08.2024
18

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
«Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.

Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

Imom Termiziyning «Ash-Shamoil al-Muhammadiyya» va «Sunani Termiziy» asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;

2024 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish.

2024 yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni» tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi