06:00 / 20.08.2024
116

Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlangan. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Shuningdek, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi