Ozarbayjon prezidenti Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘ydi

Ozarbayjon prezidenti Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘ydi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Davlat tashrifi Toshkent shahridagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

Mazkur ko‘rkam go‘sha Prezidentimiz Shavkat Mirziyov tashabbuslari bilan 2022 yilda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi, o‘zbek xalqining yaqin do‘sti Haydar Aliyev sharafiga bag‘ishlab barpo etilgan.
Ozarbayjon prezidenti Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘ydi
Ozarbayjon delegatsiyasi buni O‘zbekiston xalqidan qardosh Ozarbayjon xalqiga xurmat ifodasi, umumiy tariximizga chinakam birodarona munosabati sifatida qabul qilishini takidladi.
Ozarbayjon prezidenti Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘ydi
Shundan so‘ng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Ozarbayjon prezidenti Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘ydi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar