47
“Tashabbusli budjet”da g‘olib loyihalarni moliyalashtirishga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
Foto: uza.uz
Joriy yil 22 avgustdan “Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Shohruh Eshonqulov qayd etganidek, “Tashabbusli budjet” jarayonini tashkil etishda fuqarolarning faolligi ushbu loyihaning yanada ahamiyatli ekanini ko‘rsatmoqda.
“Ushbu mavsumda fuqarolar tomonidan 27 mingdan ortiq loyiha ilgari surilgan. Shundan 23 mingdan ortiq qismi ishchi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq tanlab olindi va ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi. G‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Joriy mavsumning avvalgi mavsumlardan farqli tarafi shundaki, endilikda “Tashabbusli budjet” jarayonlari 4 bosqichda o‘tkaziladi.
Ya’ni, 6—26 iyul kunlari taklif kiritish bosqichi, 26 iyuldan 15 avgustga qadar moderatsiya bosqichi, 15—22 avgust kunlari saralashdan o‘tgan loyihalar bo‘yicha targ‘ibot bosqichi va 22 avgustdan 1- sentyabrga qadar saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hammamizga ma’lumki, 2024 yil “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumidan boshlab “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etilgan. Bu esa har bir fuqaroning ovoz berishda bir marotaba ishtirokini ifoda etadi”, deydi Shohruh Eshonqulov.
Barcha mahallalar uchun g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida endilikda “Tashabbusli budjet” doirasida so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahalla (tashkilot)lar uchun navbatdagi ikki mavsum doirasida tanaffus e’lon qilinadi. Ushbu mahallalar uchun loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Mazkur tartib, ya’ni tanaffus qo‘llash amaliyoti 2025 yil 2-mavsumdan boshlab qo‘llanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi