10:14 / 23.08.2024
41

Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili bo‘ldi

Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili bo‘ldi
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda agentlik direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Bugun biz Diyora Keldiyorovani Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlash orqali O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdik. Bu qaror qog‘ozdagi gap emas, balki jamiyatimizdagi chuqur ijobiy o‘zgarishlar ramzidir”, deb yozdi u Instagram'dagi sahifasida.

Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva

Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
Uning ta’kidlashicha, Diyoraning olimpiadadagi g‘alabasi ilg‘or o‘zgarishlar uchun katalizator bo‘lib, butun dunyoga O‘zbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanini namoyish etadi. Diyora dzyudo bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk Olimpiya chempioni sifatida o‘z nomini tarix sahifasiga yozib ulgurdi va endi u butun bir avlodni ortidan ergashtira oladi.

Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
Diyora zamonaviy o‘zbek ayolining serqirraligi — mehribon qiz, sodiq rafiqa, hurmatga munosib kelin, shu bilan birga, mamlakatimizni jahon arenasida muvaffaqiyatli namoyon etayotgan Olimpiada chempioni timsoli. Uning maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasi O‘zbekistondagi barcha ayollar uchun an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlagan holda istalgan sohada cho‘qqiga chiqishi mumkinligiga o‘ziga xos chorlov bo‘la oldi”, deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari.
Shahnoza Mirziyoyeva Diyoraning faoliyati mamlakatda gender tengligiga erishishni tezlashtirishiga, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ilg‘or davlat sifatidagi mavqeini mustahkamlashiga va butun dunyo ayollarini ruhlantirishiga ishonch bildirdi.

28 iyul kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Diyora o‘zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi bo‘lib Olimpiada g‘olibiga aylandi.

Shahnoza Mirziyoyeva u bilan uchrashib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni amalga oshirishni taklif qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili bo‘ldi