18:30 / 26.08.2024
65

Mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Babatayev ishtirokida soliq qarzdorligi undiruvini yanada jadallashtirish, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish orqali budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish mavzusida byuro, departament hamda soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda soliq qarzdorlik undiruvini jadallashtirish lozimligi, shuningdek, byuro, departament hamda soliq organlari xodimlari o‘z-aro hamkorlikda budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish yuzasidan bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, hisoblanishi lozim bo‘lgan jami 514 mlrd. 446,4 mln. so‘mlik qo‘shimcha soliq to‘lovlaridan 360 mlrd. 482,6 mln. so‘m hisoblanib, shundan 287 mlrd. 321,7 mln. so‘mi ya’ni 55,9 foizi undirilishiga erishilgan.

Shuningdek, joriy yilda byuro organlari tomonidan 718 mlrd. 307 mln. so‘mlik 34 699 ta ijro hujjatlaridan 527 mlrd. 723 mln. so‘mlik 19 928 tasi tamomlanib, amalda 10 051 tasi bo‘yicha 220 mlrd. 717 mln. so‘m undirilishiga erishilgan.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida M.Babatayev “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarini targ‘ib qilish orqali tizim xodimlarida vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi va daxldorlik hissini kuchaytirish xususida bir qator tushunchalar bildirib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi