O‘zbekiston OTMlarida 2024/2025-o‘quv yili uchun superkontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2024/2025-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Bunda, superkontrakt miqdori yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Miqdori nisbatan past bo‘lgan yo‘nalishlarga arxeologiya, kimyo, geografiya, fizika, matematika, energetika muhandisligi kabilar kiradi. Bu yo‘nalishlarda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 6 baravarini tashkil etadi.
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Eng “qimmat” sohalarga esa bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 19 baravari belgilangan. Bundan yo‘nalishlarga yurisprudensiya hamda davlat va jamiyat boshqaruvi kiradi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024 yil 15 oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizli chegirma beriladi.
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Avvalroq O‘zbekiston OTMlarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilingandi. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
Stipendiyali to‘lov-kontrakt miqdori amaldagi stipendiya miqdorini 12 oyga ko‘paytirilgan holda qo‘shib hisoblanadi.
Prezident farmonlariga muvofiq o‘quv yili davomida stipendiya miqdori oshirilganda, bir talabani stipendiyali o‘qitish qiymati miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib chiqib, o‘quv yili oxirigacha oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi