49
Dubaydan kelgan fuqaro 1,5 mlrd so‘mlik soatni Toshkentga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi
Dubaydan kelgan fuqaro 1,5 milliard so‘mlik soatni Toshkentga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Toshkent-Aepo” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 02:40 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi tegishli tartibda tekshirildi.
Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 milliard 540 million 260 ming so‘mlik 1 dona qo‘l soati borligi aniqlandi.
Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Mazkur tartibni buzgan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227 19-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi