
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklab, mamlakatning jahon miqyosidagi mavqei mustahkamlanayotganini ta’kidladi,deya xabar berdi Kreml sayti.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab, mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etib, jahon miqyosida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xarakteriga ega. Moskva va Toshkent turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilmoqda, MDH, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda”, — deyiladi tabrik matnida.
Putin, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash manfaati yo‘lida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga ishonch bildirdi.
“Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni izchil oshirishda davom etamiz”, — deyiladi tabrikda.
Rossiya yetakchsi, shuningdek, O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakatning barcha fuqarolariga baxt va farovonlik tiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar