22:30 / 02.09.2024
83

2024 yilning 6 oyida fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirilgan?

2024 yilning 6 oyida fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirilgan?
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 76 343 tonna (tirik vaznda) go‘sht yetishtirilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

2023 yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklari tomonidan tirik vaznda go‘sht yetishtirish hajmi 11,7 foizga oshganligi qayd etilgan.

Avvalroq Statistika agentligi iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxida qanday o‘zgarishlar qayd etilgani haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, go‘sht narxi iyulda 1,5 foizga oshgan.

Guruch (0,5 foiz) va kungaboqar yog‘i (1 foiz) narxida ham o‘sish kuzatilgan. Bug‘doy uni 0,3 foiz, sut 0,5 foiz, tuxum 2,5 foiz, shakar 0,3 foizga arzonlashgan.

Shuningdek, qator meva-sabzavotlar narxlarida keskin pasayish kuzatilgan. Xususan, tarvuz 43 foizga, pomidor 40,7 foiz, baqlajon 35,8 foiz, qovun 31,3 foiz, bodring 11,9 foiz, olma 5,6 foiz, kartoshka 2,6 foizga arzonlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2024 yilning 6 oyida fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirilgan?