11:13 / 04.09.2024
93

Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon pulli yo‘llari qurilishi sanasi belgilandi

Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon pulli yo‘llari qurilishi sanasi belgilandi
Toshkent—Samarqand pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish ishlari 2024 yilda, Toshkent—Andijon yo‘lini qurish ishlari 2026 yilda boshlanadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida 2024—2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2024—2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, 2024—2030 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi tasdiqlandi. Bunda, xususan, yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 kilometr zamonaviy pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish lozimligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018 yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniya kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019 yilda O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlandi.

2022 yil oktyabrda Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitkazilishi aytilgan edi. Avgust oyida transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdugafarov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyiha koordinatorlari pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasini muhokama qilgandi.

2023 yilning dekabrida Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.

Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali avtomagistral talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Toshkent—Andijon pulli yo‘li Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon pulli yo‘llari qurilishi sanasi belgilandi