Toshkent viloyatida Jetour G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

Toshkent viloyatida Jetour G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
4 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ko‘prikdan o‘tayotgan mashina suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi.

Soat 16:00 da G‘azalkent-Chirchiq yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

Manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan olib chiqqan. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchi jarohat olmagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar