08:50 / 23.09.2016
9 402

Shvesiyada musulmon ayol o‘qituvchi erkak hamkasblarining qo‘lini siqishdan bosh tortgani uchun maktabdan bo‘shadi

Shvesiyada musulmon ayol o‘qituvchi erkak hamkasblarining qo‘lini siqishdan bosh tortgani uchun maktabdan bo‘shadi

Shvesiyada musulmon ayol o‘qituvchi o‘z hamkasblarini qo‘l siqish bilan qarshilash majburlab qo‘yilgandan keyin maktabdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Firdavs Al-Sokka ismli bu ayol Shvesiyaning janubida joylashgan Xelsingborgdagi maktabda 2016 yil avgustidan ishlay boshlagan.

20 yoshli qiz musulmon bo‘lgani uchun ishidagi nomahram erkaklarning qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga u ularga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib egilgancha salom bergan.

Maktabning erkak xodimlaridan biri ayol uning qo‘lini siqishni istamaganidan keyin bundan shikoyat qilgan.

"Bizning maktabda odamlarni farqlash yo‘q", deb aytgan maktab direktori.

Shundan keyin qiz o‘z ishidan bo‘shab, teng huquqlik masalalari bo‘yicha ombudsmenga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shvesiyada musulmon ayol o‘qituvchi erkak hamkasblarining qo‘lini siqishdan bosh tortgani uchun maktabdan bo‘shadi