date
views 83

Tailand O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin

Tailand O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Tailandning yirik ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Tailandning Bahrayndagi sobiq elchisi Tanis Na Songkla, Aeromovel Thailand, Finnolar Limited, Business Matching & International Trading, Natnara Corporation Co., Ltd. Singari yetakchi kompaniyalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Tailand biznes doiralari vakillari O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida iqtisodiy rivojlanishini yuqori baholab, quyosh energetikasi, temiryo‘l transporti tizimi va turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashdi.

Uchrashuv yakunida Tailand ishbilarmonlari delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tailand O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin