Foto: «O‘zbekiston 24» lavhasidan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni Buxoroga borgan. «O‘zbekiston 24» telekanalida ketgan lavhaga ko‘ra, davlat rahbari viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, avvalgi tashriflar davomida berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishgan.
Shuningdek, u qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida Buxoroda bo‘lib turgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan.
Buxoroning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish chog‘ida bunday maskanlarning jamiyat hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, ma’rifiy ahamiyatiga e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Toshkentga qaytib kelgan.
Nursulton Nazarboyev 1991 yildan 2019 yilga qadar Qozog‘istonga prezidentlik qilgan, keyin hokimiyatni o‘z partiyadoshi Qosim Jo‘mart To‘qayevga topshirgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston xavfsizlik kengashi, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi va «Nur Otan» hukmron partiyasi raisi lavozimlarini o‘zida saqlab qolgan, shuningdek Qozog‘iston Konstitutsion kengashi a’zosi bo‘lgan.
2022 yil yanvaridagi voqealardan keyin u birin-ketin qolgan lavozimlarini ham tark etgan, shuningdek, elboshi titulidan mahrum bo‘lgan. Uni oxirgi bor 2024 yil martida BAAda ko‘rishgandi, u o‘shanda New York University Abu Dhabi talabalari bilan uchrashib, suratga tushgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...