
Internetda tarqalgan videodan kadr
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uylardan biridagi xonadonda gaz portladi.
Viloyat FVB axborotiga ko‘ra, voqea 9 sentyabr kuni soat taxminan 17:30 larda, shaharning Beruniy ko‘chasi 86-uy 3-qavatidagi xonadonlardan birida ro‘y bergan.
Oqibatda ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
“Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan. Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, – deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar