O‘zbekistonda kuzning so‘nggi oylari va qishda havo harorati to‘satdan sovish effektiga o‘tishi mumkin. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Erkin Abdulahatov tahliliga ko‘ra, to‘satdan sovish effekti — kuzning so‘nggi oylari va qish mavsumi to‘liq sovuq o‘tadi, degani emas.
“Ammo o‘tgan qishdagidek sovuqlik to‘lqini 3-4 kun davom etadigan yil ham bo‘lmaydi. Sovuqlik to‘lqinlari uzoqroq davom etadi. Ehtimoliy anomal sovuqliklar kuzatilishi mumkin. Biz dunyodagi asosiy sovuqlik to‘lqinini keltiradigan, eng katta antisiklon chekkasi kesib o‘tadigan mintaqadamiz. Uni odatda shakllanish so‘nggi bosqichida Sibir antisikloni ham deyishadi. Uning ta’siri joriy La-Ninyo rivojlangan davrda hududlarimizni uzoqroq sovitishi mumkin. Shuning uchun, kuz-qish mavsumlari quruqroq bo‘lishini prognoz qilamiz”, deya qayd etdi iqlimshunos.
Jahon meteorologiya tashkiloti tahliliga ko‘ra, 2023 yil iyun oyidan beri yerda quruqlik va dengiz sathining juda yuqori global harorati hukmron. La–Ninyo fenomeni qisqa muddatli sovitish holatlarini keltirgan taqdirda ham bu atmosferadagi issiqlikni ushlab turuvchi issiqxona gazlari sabab global dunyo harorati ko‘tarilishining uzoq muddatli trayektoriyasini o‘zgartira olmaydi.
“La-Ninyo hodisasi 2020 yildan 2023 yil boshigacha ba’zi mintaqalarni sovitib yuborganiga qaramay, ushbu yillarda harorat rekord darajada issiq bo‘ldi. 2023–2024 yillardagi El-Ninyo hodisasi 2023 yil iyun oyida o‘zini namoyon qila boshlagan. 2023 yil noyabr–2024 yil yanvar oylarida esa yuqori faol bosqichiga chiqqan. Va hodisa tugashidan oldin u o‘tmish El-Ninyolar tabiatidan kelib chiqib, butun kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli beshlikdan biriga aylandi. So‘nggi uch oyda Tinch okeanida El-Ninyo yoki La-Ninyo fenomenlari emas, balki neytral sharoitlar ustunlik qildi.
Ammo meteorologlar va iqlimshunoslar hali ham dunyoning turli nuqtalarida keng tarqalgan ekstremal ob-havo sharoitlarini, jumladan, haddan tashqari issiqlik va halokatli yog‘ingarchilik, suv toshqinlarni ko‘rmoqda. Bu esa yuzlab, hatto minglab insonlar o‘limi bilan yakunlanyapti. Shuning uchun mavsumiy prognozlar El-Ninyo va La-Ninyoning ta’siridagi iqlim sharoitida dunyo bo‘yicha “erta ogohlantirish” tizimlariga kuch berish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda”, deya masalani tahlil qildi mutaxassis.
Avvalroq “O‘zgidromet” sentyabr oyida respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 30-33 darajani, oyning ikkinchi yarmida 26-29 darajani tashkil etishini prognoz qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?