14:53 / 13.09.2024
52

Raqobat qo‘mitasi UzAutoMotors va uning dileriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi UzAutoMotors va uning dileriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
UzAutoMotors AJga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 37 ta avtomobilni chaqirtirib olish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Raqobat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘istondan fuqaro A.D. o‘ziga tegishli, 2023 yilda UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqarilgan Lacetti L-Stayle MT rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Ushbu murojaat qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilganda holat o‘z tasdig‘ini topdi, shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobilda yong‘in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilgani aniqlandi.

Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha UzAutoMotors AJ va “PSM-Avtosavdo” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Qo‘mita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yong‘in chiqishi) inson hayoti va uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi inobatga olingan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikulli) avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi hamda iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Raqobat qo‘mitasi UzAutoMotors va uning dileriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi