O‘zbekistondan 800 nafardan ortiq hamshira Germaniyaga uyushgan holda yuboriladi. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ma’lum qildi.
Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya oliy darajadagi muzokaralar natijasida bir qator hujjatlar imzolangandi. Behzod Musayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ikki davlat o‘rtasida temiryo‘l va avtobus haydovchilarini, hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi.
Uning bilidirishicha, haydovchilar tayyorlash bo‘yicha Germaniyaning Deutsche Bahn tashkiloti bilan, hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha esa Globogate tashkiloti bilan hamkorlik qilinadi.
2024 yilda O‘zbekistondan 800 nafardan ortiq hamshira Germaniyaga tashkiliy holda yuboriladi, ularning 400 nafari ketib bo‘ldi.
“Qolganlari til imtihonlarini topshirishmoqda. Ularning qo‘lga tegadigan eng kam oyligi 2200 yevroni tashkil qiladi”, deydi Behzod Musayev.
Vazirning bildirishicha, o‘zbekistonliklar uchun yuqori nemis texnologiyasini o‘rganishga imkoniyat yaratiladi.
Mart oyida Behzod Musaev Germaniyaning Mangold Consulting Gmbh kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashib, xorijda ishlovchilar uchun sharoitlar, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonliklarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalarini muhokama qilgandi.
Suhbat davomida Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga talab ortib borayotgani, jumladan, 1000 dan ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayotgani va bu borada O‘zbekiston tomoni ushbu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyorligi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?