Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Behzod Musayev Samarqandda Germaniya Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezer bilan muloqot o‘tkazdi.
“Migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Bitim doirasida nemis ish beruvchilari uchun o‘zbekistonliklarni soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilishga tayyormiz”, degan Nensi Fezer.
Vazirlik e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.
Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Vazirlik va Germaniyaning DB Engineering Consulting Operations Group kompaniyasi o‘rtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.
“Germaniya temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni esa Deutsche Bahn tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz”, degan Germaniya kompaniyasi rahbari Niko Varbanoff.
Deutsche Bahn — Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori sanaladi. 100 foiz davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 milliard 303 million yevroni tashkil qiladi.
Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi. Unda bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Akademiyani bitirganlar diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi.
Samarqandda 15 sentyabr kuni o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya oliy darajadagi muzokaralari natijasida bir qator hujjatlar imzolangandi. Ular orasida “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida” hukumatlararo bitim ham bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"