Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 17 sentyabr kuni to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan xodimlarning ikki nafari Qashqadaryoning G‘uzor tumanidan, yana ikki nafari Boysundan bo‘lgan. Ularning dafn marosimi 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Vazirlik va idoralar tomonidan ularning yaqinlariga tegishli yordam ko‘rsatilgan.
18 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura vakillari avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani rostmi, degan savolga tasdiq javobini berdi.
“O‘lim holati bo‘lgan. Voqea oqibatida ikki nafar shaxs vafot etgan. Yana tan jarohati olganlar ham bor. Hozir holat yuzasidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi”, dedi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev.
Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir bo‘lishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olmoqda.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
Hodisa tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar kechqurun Boysun tumanida bo‘lib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.
Nima bo‘lgan edi?
1 sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Prezidentning shaxsan topshirig‘iga asosan, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov hodisa joyiga yetib bordi.
Barcha tegishli vazirlik va tashkilotlarni jalb etgan holda, Tezkor shtab tashkil qilingani texnogen ofat asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
15 sentyabr kuni soat 16:50 da sizib chiqish to‘xtatildi. Mazkur konda 17 sentyabr kuni yana gaz chiqish holati yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"