43
Buxoroda 263 dona qadimiy tangalarni Istanbulga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Foto: Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi
Buxoroda 263 dona qadimiy tangalarni Istanbulga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX Aviatsiya xavfsizligi xodimlarining o‘zaro hamkorligida qadimiy numizmatika buyumlarini respublika hududidan olib chiqilishiga bo‘lgan yana bir urinish bartaraf etildi.
Unda “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro—Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotgani aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olib qolingan 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi bundan 500 yil avval zarb etilgan bo‘lishi mumkin. Hozirda mazkur numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi
“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonunga asosan zarb etilganiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketish ta’qiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"