Toshkentda Cobalt, Tracker va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Cobalt, Tracker va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida 24 sentyabr kuni soat 10:10 larda Cobalt, Tracker va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTH Cobalt haydovchisi aybi bilan sodir etilgan.

Hodisa oqibatida Tracker haydovchisi K.F, yo‘lovchisi T.M va E.A.lar yengil tan jarohati olgan. Cobalt va Tracker hamda avtobus texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar