33
Namanganda MIB qo‘ygan cheklovni o‘chirtirish uchun 700 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB axborot xizmati
Namanganda MIB tomonidan qo‘yilgan cheklovni o‘chirtirish uchun pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 11 sentyabr kuni Uychi tumanida yashovchi ayol ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi shaxs MIB Uychi tuman bo‘limi tomonidan qo‘yilgan cheklovni o‘chirtirib berish evaziga 300 AQSH dollari olgani va yana 400 dollar talab qilayotganligini bildirgan.
Foto: Namangan viloyat IIB axborot xizmati
Murojaatga asosan viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida murojaatda nomi keltirilgan shaxs arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.
Foto: Namangan viloyat IIB axborot xizmati
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Qing‘ir yo‘l bilan erishilgan pullar firibgarga nasib etmadi. Fuqarolardan pul evaziga ishni hal qilib beruvchi 'hojatbaror'larga aldanib qolmasliklarini so‘raymiz” deyiladi axborot xizmati lavhasida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"