Foto: dunyo.info
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasining (The Nationwide Caterers Association – NCASS) xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha direktori Mark Lori bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Mark Lori tashkilot faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi. Assotsiatsiya O‘zbekistonda tashkil etilayotgan gastronomik ko‘chalar, ya’ni ko‘cha taomlari sanoati obyektlarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha o‘zining ko‘magini va amaliy tavsiyalarini ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.
Britaniya tomoni, NCASS kelgusida O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidladi.
Suhbat yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasi bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. NCASSga mamlakat bo‘ylab 10 mingga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalari a’zo. Uning asosiy vazifasi umumiy ovqatlanish hamda oziq-ovqat sanoati korxonalariga, jumladan ko‘cha taomlari sanoati street food ommalashishida amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish masalalarida ko‘maklashishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirdi
BAA Qatarni shunchaki yanchib tashladi. O‘zbekistonga "kela olmagan" Limadan poker
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."