09:47 / 27.09.2024
60

Andijondagi shifoxonada ikki ayol janjallashdi

Andijondagi shifoxonada ikki ayol janjallashdi
Foto: MIB axborot xizmati
Andijon viloyatidagi shifoxonalarning birida ikki ayol janjallashishi ortidan ulardan birining mashinasi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shifoxonalarning birida ikki ayol o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda fuqaro G.S. Sh.B.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati yuzasidan Sh.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga murojaat qilib, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar hamda advokat xizmat haqi uchun jami 15 million 400 ming so‘mni undirib berilishini so‘ragan.

Qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushguniga qadar da’voni ta’minlash haqidagi sudning ajrimi ijroga qaratilgan. Unga ko‘ra, fuqaro G.S.ga tegishli Nexia-3 xatlanishi belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari davomida ayolning mashinasi xatlab qo‘yilgan.

Hozirda moddiy va ma’naviy zarar pullarini undirish choralari ko‘rilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi shifoxonada ikki ayol janjallashdi