Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yong‘in sodir bo‘lib, ikkita uy jiddiy zarar ko‘rgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa kecha 2024 yil 26 sentyabr kuni tunda sodir bo‘lgan.
FVBga soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan va ular soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 23:10 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:55 da olov o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 2 ta uyning taxminan 150 metr kvadrat maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi