14:37 / 27.09.2024
38

“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi

“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” suv ombori “E-auksion” platformasiga joylashtirildi.

Tabiiy suv havzalari davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn autsion orqali ijaraga beriladi. Shu maqsadda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” suv ombori platformaga joylashtirildi. Bir oylik boshlang‘ich ijara haqi: 525 000 so‘m.

Kadr: “E-auksion”
Obyekt 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Vazirlar Mahkamasining Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga E-Auksion elektron savdo platformasi orqali berish tartibi nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq eng kam oylik ish haqining oshishi hisobiga ijara to‘lovi tafovutiga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi.

Agar auksion g‘olibi 5 ish kuni ichida operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lamagan yoki ijara shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibi mavjud bo‘lsa unga operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.

Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga mazkur nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Salohiyatli g‘olib to‘lamaganda yoxud mavjud bo‘lmaganda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi. Baholangan narxi yillik ijara haqini ifodalaydi. Qo‘shimcha majburiyatlar bo‘yicha shartnoma shartlariga har yili 10 yanvargacha O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi