
O‘zbekiston Afrika qit’asidagi yana ikki davlat — Liberiya va Togo bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
Tashqi ishlar vaziri Baxiyor Saidov Liberiya tashqi ishlar vaziri Sara Beysolov Nyanti va Togo tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse bilan birgalikda qo‘shma kommyunike imzoladi.
“Shubhasiz, Afrika qit’asi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud”, deb yozdi Baxtiyor Saidov.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
Liberiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 154-davlat, Togo esa 155-davlat bo‘ldi. Bundan avval Afrikaning g‘arbiy sohillarida joylashgan Kabo-Verde va sharqiy qismida joylashgan Seyshel orollari bilan, Sharqiy Afrikadagi Burundi davlati bilan, Janubiy Afrikadagi Botsvana bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar