Toshkentda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbir davlatni rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotning ko‘plab yo‘nalishlari yuzasidan qiziqarli muhokamalarga boy bo‘ldi.
“Forum O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonaman”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva 27 sentyabr kuni BAA bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid al Maktum bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi shayx Hamdan bin Muhammad al Maktum boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkentda 27 sentyabr kuni O‘zbekiston va BAA hukumatlararo tajrima almashinuv davrasi boshlandi. Unda har ikki davlat hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, mas’ullari, ICBA, Fly Dubai, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar rivojlanib bormoqda. Ushbu tadbir ham davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish maqsadida tashkil etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi