11:07 / 30.09.2024
28

Aholi hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi

Aholi hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi
Hozirgi kunda tadbirkorlar faoliyatidagi kamchiliklar aniq belgilanmagani sababli, hatto kichik xatolar uchun ham ularning biznesi 10 kungacha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi. Bu haqida Biznes ombudsman xabar berdi.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan to‘rtinchi ochiq muloqot davomida prezident reyestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgandi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash uchun "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi joriy etilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish faqat reyestrga kiritilgan omillar asosida amalga oshirilishi taklif etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi