18
Rossiya korxonasi O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarishi mumkin
Foto: “Dunyo” axborot agentligi
Rossiya korxonasi O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Keltirilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning “Treaton” korxonasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha direktori Anton Yuzerovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniya vakili bilan suhbatda investitsiyaviy sohada ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Suhbatdoshga O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, shuningdek, respublikada sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Anton Yuzerovich O‘zbekiston bilan o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
“Agar O‘zbekiston tomoni manfaatdor bo‘lsa, kompaniya ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish orqali mazkur tibbiy asbob-uskunalarni respublika hududida yig‘ishni tashkil etishi mumkin”, dedi u.
Muloqot yakunida ushbu loyihani hayotga tatbiq etish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida “Treaton” korxonasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi