O‘zbekistonda 1—4 oktyabr kunlari o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Faqat 2 oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3—4 oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30 sentyabr va 3—4 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 1 oktyabrda 7-12 daraja bo‘ladi, 2—4 oktyabrda 12-17 darajagacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1—2 oktyabrda 22-27 daraja, 3—4 oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda 30 sentyabrda vaqti-vaqti bilan bir oz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-22 daraja bo‘ladi. 1—4 oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 3 oktyabrda bir oz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 1 oktyabrda 9-11 daraja, 2—4 oktyabrda 13-16 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 1—2 oktyabrda 24-27 daraja , 3—4 oktyabrda 27-30 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi