Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi
O‘zbekiston fuqarolari Qatarga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Qatar davlati uchun har sohada strategik hamkor mamlakat hisoblanadi. Shu bois yurtingizdan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor”, dedi Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbari Abdulhodiy Bihayt Barqon.
Uchrashuvda ikki tomon ushbu imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolarini Qatar davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hamkorlik shartnomasini tez kunlarda imzolashga kelishib oldi.
Jusour bandlik agentligi Qatar hukumatiga tegishli bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi