
Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda Angren shahri "Jigariston" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan yovvoyi cho‘chqani "Jigariston" MFY tog‘li hududida ov qurolida otib o‘ldirganlik holati aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 7.500.000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgan hamda hayvonot dunyosiga 16.875.000 so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilmoqda hamda yovvoyi cho‘chqa ishi tugatilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun “Konchilar”oromgohini muzlatgichiga joylashtirildi. Shuningdek, ov quroli Angren shahar Ichki Ishlar bo‘limiga topshirildi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar