Toshkentda Neksiya-3 avtomashinasi yonib ketdi

Toshkentda Neksiya-3 avtomashinasi yonib ketdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri Mirobod tumanida Nexia-3 avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Bugun 2024 yil 5 oktyabr kuni soat 06:05 da Toshkent shahar FVBga Mirobod tumani, Oybek va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 06:11 da yetib borib, soat 06:12 da yong‘in o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda Cobalt mashinasiga jiddiy shikast yetganini ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar