"Reklama to‘g‘risida"gi yangi qonunga ko‘ra, reklamalar o‘zbek tilida berilishi kerak. Boshqa xorijiy tillarda ham bersa bo‘ladi, faqat buning o‘ziga xos shartlari bor. Shuningdek, narxlarni chet el valyutasida ko‘rsatish, ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish ham taqiqlanadi.
Qonunga ko‘ra, quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
- - ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;
- - narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
- - bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
- - ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;
- - milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;
- - energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan davrda televideniye va radio orqali reklama qilish;
- - tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish.
Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi. Shuningdek, alkogol mahsulotlari reklamasiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishga bo‘lgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanishi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Qonun talablarini buzganlarga qanday jazo qo‘llanadi?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-1-moddasiga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama berish, tashqi reklamani joylashtirish talabiga rioya qilmaslik yoki aksilreklama berishdan bosh tortish, shuningdek, qonunchilikda taqiqlangan mahsulotni reklama qilish BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi