
Gidrometeorologiya xizmati hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat ertalab Surxondaryo viloyatida biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 23-28 darajani tashkil etadi.
Ish haftasi davomida respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
10-11 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati hafta davomida kechalari 8-13 darajani, kunduz kunlari 23-28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtimizda: 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja atrofida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar