date
views 184

Milliy tibbiyot markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Milliy tibbiyot markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi
Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan doʻstlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka etaklaydi.

Milliy tibbiyot markazi xodimlarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida markazda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Unda mamlakatimizdagi etakchi nashriyotlarning 500 dan ortiq nomdagi ilmiy va badiiy nashrlari taqdim etildi.

Yarmarka doirasida taqdim etilgan bir qator adabiyotlar, jumladan buyuk bobokalonimiz Amir Temur hayotlari va bosib oʻtgan yoʻllari haqida, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Oʻtkir Xoshimov, Tohir Malik, Xudoyberdi Toʻxtaboevning bir qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Yarmarkada xodimlar oʻzlari va farzandlari uchun oʻzbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblardan xarid qildilar.

Mazkur yarmarka davom etmoqda.

Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy tibbiyot markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi