date
views 159

Toshkentda pora olayotgan prokuratura tergovchisi qochib ketdi

Toshkentda pora olayotgan prokuratura tergovchisi qochib ketdi
Oʻzbekiston prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir oʻtkazdi.

Fuqaro oʻz arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablagʻlari talab qilganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Ushbu ariza asosida joriy yilning 7 oktyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy ta'qibdan qutulish maqsadida noma'lum tomonga yashiringan (40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan)”, – deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a“ bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanib, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat