22:56 / 29.09.2016
10 402

Shavkat Mirziyoyevga bankdagi pulini ololmay murojaat qilgan fuqaroning muammosi hal etildi

Shavkat Mirziyoyevga bankdagi pulini ololmay murojaat qilgan fuqaroning muammosi hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ish boshlagani haqida xabar qilgan edik.

Unga ko‘ra, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul, faqatgina stasionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narhi bo‘yicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni to‘ldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyoyev nomiga ochilgan sahifa orqali xabar qilishlaricha, Navoiy viloyati, Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga joylashtirgan omonatini o‘z vaqtida ololmayotganini aytib, 26 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga o‘rnatilgan 1000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan, deyiladi "Qalampir.uz" sayti xabarida.

Fuqaroning arznomasi hukumat tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, uning muammosi ijobiy echim topgan.

“Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro X.Y.M. tomonidan 2016 yil 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga 1000 telefon raqami orqali “Qishloq qurilish banki”ga qo‘ygan omonatini o‘z vaqtida ololmayotgani sababli yordam so‘rab murojaat qilindi. Natijada 28 sentyabr kuni fuqaro tomonidan o‘z omonatini kerakli qismi olindi va qolgani jozibador yuqori foizli omonat turiga qayta rasmiylashtirildi”, deyiladi Shavkat Mirziyoyev nomiga ochilgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifada.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 24 sentyabr kuni tashkil etilgan edi. 26 sentyabr oqshomiga qadar 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevga bankdagi pulini ololmay murojaat qilgan fuqaroning muammosi hal etildi