date

«Coca-Cola»ning Sankt-Peterburgdagi zavodi bosh menejeri ko‘chada o‘ldirib ketilgan

«Coca-Cola»ning Sankt-Peterburgdagi zavodi bosh menejeri ko‘chada o‘ldirib ketilgan

28-noyabr kuni Sankt-Peterburg milisiyasi amerikaliklarga tegishli "Coca-Cola" kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi zavodi boshlig‘i Dmitriy Soshnevga qidiruv e’lon qilgan edi. Bugun uning jasadi shaharning Frunze tumanidagi Dunaysk ko‘chasidan topildi. Bu haqida "Lifenews" xabar tarqatgan.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, 37 yoshli marhum menejer giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan bo‘lib, navbatdagi xaridni amalga oshirish uchun borganida, narkodiler tomonidan o‘ldirilgan. Jinoyatchi uni o‘ldirib, yonidagi katta miqdordagi pulni olib, yashiringan. Shahar milisiyasining tezkor harakatlari natijasida qotil bugunning o‘zidayoq qo‘lga olingan va mahkamaga topshirilgan. Gumonlanuvchi ilk tergov chopg‘idayoq, bu ishni o‘zi qilganini tan olgan. Lekin, u kimni o‘ldirayotganini bilmagani, shunchaki pulni tunash maqsadida bo‘lganini ma’lum qilgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » «Coca-Cola»ning Sankt-Peterburgdagi zavodi bosh menejeri ko‘chada o‘ldirib ketilgan