Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati 3 kunga cheklanadi

Toshkent shahrida Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichi doirasida asfalt yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining ma'lum qilishicha, cheklovlar 31 iyul soat 23:00 dan 3 avgust soat 22:00 gacha amal qiladi.
Toshkent shahrida Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichi doirasidagi asfalt yotqizish ishlari sabab ayrim yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 31 iyul soat 23:00 dan 3 avgust soat 22:00 gacha quyidagi yo‘l qismlari barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi:
Oqqo‘rg‘on ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha;
Parkent ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha.
Mazkur cheklovlar yo‘lga asfalt yotqizish ishlarini xavfsiz va sifatli yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
Mas’ullar haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olib, safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni so‘ragan.






























Izohlar 0
…