Adliya vazirligi dori vositalari noqonuniy davlat ro‘yxatiga olingani sababli Sog‘liqni saqlash vazirligini ogohlantirdi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.
Qonunchilik hujjatlari talablariga ko‘ra dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida intellektual mulk huquqlariga qat’iy rioya etilishi kerak. Biroq Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2023 yilda 21 ta holatda, 2024 yilning o‘tgan davrida 16 ta holatda dori vositalari noqonuniy davlat ro‘yxatiga olingani aniqlangan.
Jumladan, iste’molchilarga yaxshi tanish bo‘lgan “Magne B6”, “Imudon”, “Smekta”, “Duspatalin”, “Elevit” kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari “Magne B6”, “Nest Imudon”, “Smecta”, “Grand Imudon”, “Mer Dusratanim”, “Elemalvit” ko‘rinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga noqonuniy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritilib, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish lozimligi, bunday holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi hamda qalbakilashtirilgan va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Angela Merkel Trampning saylovdagi g‘alabasidan xafa bo‘lganini tan oldi