Instabloger Kamola Oripova Jamshid Bobojonovga bergan intervyusida xonanda Nilufar Usmonovaning gapi hayotini o‘zgartirishga sabab bo‘lgani va o‘g‘li va turmush o‘rtog‘ining bugungi munosabatlari haqida gapirib berdi.
Foto: Instagram
— "Boshimga tushgan sinovlardan keyin ijtimoiy tarmoqlarga shirin xotiralar bilan bog‘liq suratlarni joylayverardim. Bir kuni xonanda Nilufar Usmonova bilan gaplashib qolganmiz. “Kamola, bo‘ldi, yig‘ishtiring, hadeb eski xotiralarni ijtimoiy tarmoqlarga joylayvermang. Bundan o‘zingiz ham qiynalasiz. Siz o‘g‘lingiz uchun ham hayotingizni davom ettirishingiz kerak”, deb koyib bergandi. Yashirmayman, o‘shanda Nilufar Usmonovadan bir oz ranjiganman. Hozir uchta shirindan shakar qizlarimga qarasam, u menga juda to‘g‘ri maslahat berganini anglayman", deydi Kamola Oripova.
Foto: Instagram
— "O‘g‘lim Bilolxo‘ja oila qurishimga qarshi bo‘lmagan. Chunki u o‘sha paytda 10 yoshda edi, u bilan bemalol nimanidir maslahat qilish mumkin edi. Qizlarimning otasi bilan munosabati juda yaxshi, faqat ada deyolmaydi. Bu uning tanlovi. Hasan aka deb murojaat qiladi, ammo munosabatlari juda iliq.
Bolaning tarbiyasiga e’tibor berish kerak, qattiqqo‘l bo‘lish kerak, deyishadi. To‘g‘ri, ammo tarbiya genga ham bog‘liq ekan. Bilolxo‘ja o‘smir yoshda, rosti, unga umuman qattiqqo‘llik qilmayman. Nimani xohlasa, olib beraman, pul ayamayman, ammo uning xohishlari u qadar chegarasiz emas. Mana shu jihat meni quvontiradi", deydi Kamola Oripova.
Kamola Oripova yana bir intervyularining birida moliyaviy jihatdan qiynalgan qizlarga kasb-hunar o‘rganishni tavsiya qildi.
— "Menga hech kim meros tashlab ketmagan, qo‘limda ham hech qanday hunarim yo‘q edi. Xuddi shunday qiynalgan ayollardan bittasi men bo‘lganman. Bunday vaziyatda inson faqatgina o‘z-o‘ziga yordam beroladi. Hatto mashinamning saloniga o‘tirib, old o‘rindiqni tushirib sun’iy kiprik ekkan paytlarim ham bo‘lgan. Shunday qiyin vaziyatga tushgan qizlarga maslahatim: hech qachon ko‘ngilni cho‘ktirmay, harakat qilinglar. Imkoniyatlar juda ko‘p", deydi Kamola Oripova.
Bundan tashqari instabloger yosh yigitga turmushga chiqqani, ammo uning oilasi bolali kelinni qabul qilisholmagani haqida gapirdi.
— "Albatta, turmushga chiqaman, lekin oilasi yo‘q, uylanmagan inson bo‘lsin, deb niyat qilgandim. Lekin oyijon bilan bir-birimizni tushunishimiz oson bo‘lmagan. To‘g‘rirog‘i, men emas, ular meni qabul qilishlari qiyin kechgan. O‘zimga o‘g‘li yaxshi bo‘lib, onasi yomon bo‘lishi mumkin emas, deb ko‘ngillarini olishga harakat qilganman", deydi Kamola Oripova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Angela Merkel Trampning saylovdagi g‘alabasidan xafa bo‘lganini tan oldi