18:12 / 14.10.2024
26

Fermerdan 50 million so‘m soliq qarzi naqd undirildi

Fermerdan 50 million so‘m soliq qarzi naqd undirildi
Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorligining oshib ketishi davlat budjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi.

Xususan, Jizzax viloyati soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha Qarorlariga asosan "N.N" fermer xo‘jaligidan 130 mln. so‘m soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqalari Byuroning Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga nusxalari yuborilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 50 million so‘m soliq qarzdorligi naqd pul ko‘rinishida undirildi.

Qolgan qarzdorliklar bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermerdan 50 million so‘m soliq qarzi naqd undirildi