Sentyabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Markaz tahliliga ko‘ra, sentyabr oyida 21,2 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olingan, bu avgust oyiga nisbatan 4,2 foizga kam.
Yillik hisobda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli pasayib, o‘tgan yilning sentyabr oyi bilan solishtirganda shartnomalar soni 9 foizga kamaygan.
Hududiy dinamika
2024 yil sentyabr oyida hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning eng katta pasayishi Jizzax (20 foiz), Samarqand (14 foiz) va Toshkent viloyatlarida (13 foiz) qayd etildi.
Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik Toshkent (25,7 foiz), Buxoro (24,3 foiz) va Namangan viloyatlarida (18,7 foiz) nisbatan sezilarli bo‘lgan.
Ikkilamchi bozordagi uy joy narxlari
2024 yilning sentyabr oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozor uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1 foizga o‘sish). Yil davomida esa 1 kv metr uchun o‘rtacha uy-joy narxi 6,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ikkilamchi uy-joy narxlari Xorazm (19,5 foiz), Buxoro (12,5 foiz) va Samarqand (10 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada ko‘tarilgan. Yillik hisobda Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxining o‘sishi o‘rtacha 1,8 foizni tashkil etgan.
Uy-joy ijara bozori
Sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari barqarorlashuvi davom etgan. Narxlar avgust oyiga nisbatan o‘zgarmagan — 1 kv metr uchun 8,3 dollar.
Poytaxtning 14 ta markaziy tumanidan uchtasida uy-joy ijarasi narxi pasaygan. Ijara narxi Olmazorda — 14,6 foiz, Uchtepada — 7,4 foiz, Bektemir tumanida — 3,8 foizga arzonlashgan. Shuningdek, narxlarning eng katta o‘sishi Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilib, o‘rtacha 7 foizga oshgan.
Toshkent shahri tumanlari kesimida ijara narxidagi farqlar keskin o‘zgarmagan. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori bo‘lib, 10 dollar atrofida shakllangan.
Bektemir va Sergeli tumanlarida narxlar nisbatan arzon bo‘lib, kv.m uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etgan.
O‘tgan yilning sentyabr oyi bilan taqqoslanganda, Toshkent shahrida ijara narxlari o‘rtacha 8,4 foizga qimmatlagan. Bu esa bozorning ushbu segmentida umumiy pasayish tendensiyasi saqlanib qolinayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga yil davomida ijara narxining sezilarli pasayishi Yashnobod (16,2 foiz), Olmazor (12,2 foiz) va Yakkasaroy (11 foiz) tumanlarida kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi