18:02 / 17.10.2024
28

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Qonliko‘l tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda tuman “Yoshlar markazi”da bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga mehnat yarmarkasining ahamiyati, mehnat migrantlari uchun yangi sharoitlar, shuningdek joriy yil o‘tgan to‘qqiz oyi davomida aliment pullarini undirish bilan bog‘liq sud qarorlarining bajarilishi, ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ishtirok etganlar tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishtirilib munosib o‘rinlarga ishga joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi