19:28 / 19.10.2024
27

Surxondaryolik tadbirkorning 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga olindi

Surxondaryolik tadbirkorning 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga olindi
Foto: Kiberxavfsizlik markazi
Surxondaryo viloyatida yashovchi T.M. ichki ishlarga murojaat qilib, 22 mln so‘m pulini yeb ketgan noma’lum shaxs ustidan arz qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs — Toshkent shahrida yashovchi M.O. qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. jabrlanuvchi T.M. bilan Telegram messenjeridagi «Abusahiy optom» nomli guruh orqali tanishgan. Unga o‘zini Abu Saxiy bozorida erkaklar kiyim-kechaklarini ulgurji narxlarda sotuvchi tadbirkor deb tanishtirgan. Unga xarid qilingan kiyim-kechaklarni yetkazib berishini aytib, oldindan 22 mln so‘m pulni taksi orqali olishga o‘zaro kelishilgan.

Shundan so‘ng M.O. taksichi Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga keltirgan bu pullarni aravakash yordamida olib, Paynet shaxobchasida o‘zi taqdim qilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olgan. Keyin yozishmalarni o‘chirib yuborib, xaridorning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryolik tadbirkorning 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga olindi