00:31 / 22.10.2024
112

Prezident yig‘ilishida qo‘shib yozish avj olgan hududlar oshkor etildi

Prezident yig‘ilishida qo‘shib yozish avj olgan hududlar oshkor etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev raisligida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugun Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.

Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi.

Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga yashillik darajasini oshirish bo‘yicha islohotlarni ko‘p hokimlar tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagani tanqid qilindi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan.

Masalan, sug‘orish tizimi yo‘q joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpog‘istonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming ko‘chat ekilgan.

Hisobotga qo‘shib yozish eng ko‘p Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha ko‘chat ekish egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qat’iy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yig‘ilishida qo‘shib yozish avj olgan hududlar oshkor etildi